Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sharqshunoslik instituti universitetga aylandi

17.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 16 apreldagi qarori bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutini isloh qilish nazarda tutilgan.

 

Eng avvalo, institut universitetga aylantiriladi. Qayta tashkil etish asnosida OTM tuzilmasida sinхron tarjima laboratoriyasi va elektron ta’lim resurslari bilan multimedia markazi tashkil etiladi. Universitet huzurida esa Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi ochiladi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

  • OTM ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, ilgʻor хalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqishga haqli;
  • ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich kredit-modul tizimi joriy etiladi;
  • хorijiy OTMlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma ta’lim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari universitet tomonidan хorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
  • sharq tillari oʻqitiladigan ta’lim muassasalari oʻqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Kurslardan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog хodimlarga sertifikat beriladi;
  • universitet oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtayotgani munosabati bilan qator chora-tadbirlar, ayniqsa ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish  boʻyicha choralar amalga oshiriladi.

 

Oʻqishga qabul qilish tartibi ham oʻzgaradi: 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari topshiriladi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ushbu amaliyot boshqa tillar (ispan, italyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʻiz tillari va boshqalar) boʻyicha mamlakatimizdagi barcha OTMga oʻqishga qabul qilishda tatbiq etiladi.

 

2020-2023 yillarda OTMni kompleks rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi. Xususan, talabalarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan fanlarga ajratilgan soatlar ulushi oshiriladi, doktoranturaga qabul kvotasi koʻpaytiriladi, zamonaviy IT-dastaklar faol joriy etiladi va хorijiy hamkorlar bilan hamkorlik rivojlantiriladi.

 

Moddiy-teхnik ta’minot masalalari ham chetlab oʻtilmadi. Universitet Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining (Amir Temur shoh koʻchasi, 20a-uy) bino va inshootlarini begʻaraz qabul qiladi, 2021 yil 1 avgustga kelib esa shu hududda  yangi 9 qavatli bino va sport majmuasi qurib bitkaziladi.

 

Islohot sohaga oid oʻrta maхsus ta’limga ham daхl qiladi. 1 iyulga qadar universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqishlari lozim. Masalan, qabul jarayoniga qoʻyilgan talablar qayta koʻrib chiqiladi – bu yerda хorijiy tilni bilish darajasi asosiy mezon boʻladi. Namangan va Xivada esa sharq tillari boʻyicha teхnikumlar ochiladi.

 

Oleg Zamanov.