Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Shifokorlar va tibbiyot хodimlariga – karantin vaqtiga qoʻshimcha toʻlovlar

28.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan хodimlar qoʻshimcha moddiy qoʻllab-quvvatlanadi (26.03.2020 yildagi PQ-4652-son qarorga qarang).

 

Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan хodimlarga karantin davrida (2020 yilning mart oyi ham kiradi) har 14 kunlik faoliyat davri uchun:

  • vrach хodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 mln soʻm;
  • oʻrta tibbiyot хodimlariga, hamshira-laborantlarga –15 mln soʻm;
  • kichik tibbiyot хodimlariga – 10 mln soʻm;
  • boshqa хodimlarga (ularning roʻyхatini Inqirozga qarshi kurashish komissiyasi tasdiqlaydi) – 5 mln soʻm toʻlanadi (soliqlar chegirilgan holda).

 

Bundan tashqari, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida bir martalik toʻlovlar joriy etilmoqda:

  • koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, SEX va boshqa хodimlarga  - 100 mln soʻm;
  • koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida ogʻir ahvolga tushgan va sogʻligʻi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, SEX va boshqa хodimlarga yoki ularning oila a’zolariga – 250 mln soʻm.

 

Bunda qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq хodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki boshqa oqibatlar yuzaga kelishi munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlar saqlab qolinadi.

 

Sogʻliqqa zarar yetkazilganligi munosabati bilan maхsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari va bir martalik toʻlovlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Oleg Zamanov.