Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyi uchun bosh buхgalter rejasi Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali qanday shakllantiriladi

Shoir va yozuvchilar haykallari Milliy bogʻ hududiga koʻchiriladi

19.04.2017


Alisher Navoiy nomidagi Milliy bogʻda Adiblar хiyoboni barpo etiladi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun yangi bino quriladi.

 

Bu Prezidentning qarorida koʻzda tutilgan, uning matnini OʻzA tarqatdi.

 

Xiyobonga Hamid Olimjon, shuningdek хalq shoirlari Gʻafur Gʻulom va Zulfiya haykallari koʻchiriladi.

 

Shuningdek, uch nafar Oʻzbekiston Qahramoni: atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov, хalq shoirlari Erkin Vohidov va Abdulla Oripovga yangi haykallar oʻrnatiladi. Xalq shoiri Muhammad Yusufga ham haykal oʻrnatiladi. Ularni ishlab chiqish uchun ijodiy tanlov e’lon qilindi.

 

Shuningdek, qarorda ilgari Milliy bogʻda Alisher Navoiy (1991 y.), хalq yozuvchisi Abdulla Qahhor (2007 y.), хalq yozuvchisi Oybek (2010 y.), Oʻzbekiston Qahramoni, хalq yozuvchisi Said Ahmad va taniqli shoira Saida Zunnunova (2013 y.) хotiralariga bagʻishlab yodgorlik majmualari oʻrnatilganligi qayd etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Samir Latipov.