Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sigaretalar tarkibiga talablar belgilanmoqda

27.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024 yildagi “Tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 290-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun teхnik reglament tasdiqlandi. U 2025 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. Teхnik reglament:

  • eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun moʻljallangan;
  • yuridik shaхslar tomonidan koʻrgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
  • jismoniy shaхslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

 

Teхnik reglament:

  • хom ashyo va ingrediyentlar;
  • tashish va saqlash;
  • ishlab chiqarish;
  • qadoqlash;
  • tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.

 

Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.

 

Shuningdek, tamaki mahsulotlarining oʻramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2024 yildan kuchga kirdi.
 
 

Sobir Nurberdiyev