Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim ma’qullandi

04.07.2016

Prezidentning 17.06.2016 yildagi PQ-2550-son qarori bilan ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 15.06.2011 yilda Ostona shahrida imzolangan Bitim tasdiqlandi.

 

Bitim sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish yoʻnalishlari va shakllarini belgilaydi.

 

Taraflar hujjatni amalga oshirish borasida olingan intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan huquq muhofazasini oʻz davlatlarining qonun hujjatlariga hamda ular ishtirokchisi boʻlgan хalqaro shartnomalarga muvofiq ta’minlaydilar.

 

Bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq хarajatlar, agar boshqa kelishuvlar mavjud boʻlmasa, davlatlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.