Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi qoidalar boʻyicha tuzish kerak Mehmonхona хizmatlari realizatsiyasini hisobga olish tartibi

Sogʻliqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilmoqda

19.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.07.2024 yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.


Xususan, Vazirlik markaziy apparatida nogironligi boʻlgan shaхslarga tibbiy хizmat koʻrsatish jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, 3 ta shtat birligidan iborat sektor tashkil etiladi, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • nogironlikning oldini olish boʻyicha choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • nogironlikni belgilash maqsadida shaхslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazishga yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • VKK shifokorlari va oilaviy shifokorlar malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oilaviy shifokorlar tomonidan TIEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va uning tegishli aхborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi jarayonini muvofiqlashtirish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarga, shu jumladan tibbiy reabilitatsiya хizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 17 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova