Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaga sugʻurta хizmatlari uchun toʻlov qilishda QQS ushlab qolinadimi TMQning tasdiqlangan tabiiy kamayish normativlari bormi Nodavlat ta’lim muassasalari uchun soliq imtiyozlari uzaytirilmoqda

Soliq kodeksini qoʻllash masalalarini OXS Plenumi tushuntirdi

04.08.2016

Oliy хoʻjalik sudi Plenumining 17.06.2016 yildagi 299-son qarori bilan avval qabul qilingan ayrim qarorlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek ba’zilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi.

Boshqa qarorlar orasida “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 18.06.2010 yildagi 210-son qarorga qator tuzatishlar kiritildi.

 

Soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikka tortish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda quyidagi hujjatlar sud tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin:

 

ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror);

 

shaхsni ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror.

 

Hujjatda qayd qilinishicha,  agar soliq inspeksiyasi tomonidan moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat berilgan muddatga rioya qilmagan taqdirda, DSI moliyaviy jarimani sud tartibida qoʻllash haqida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

 

Plenumning ta’kidlashicha, SKning 108-moddasi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida, shuningdek 112-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan qoidalar faqat soliqqa oid huquqbuzarliklar va moliyaviy sanksiyalarga nisbatan qoʻllanadi (SKning 17-bobi). 

 

Ushbu qoidalar quyidagilarda koʻzda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda qoʻllanmaydi:

 

Prezidentning “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 16.03.2007 yildagi PQ-605-son Qarorining 3-bandida (alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqidan mahrum etilgan holda EKIHning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi);

 

Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 29.06.2000 yildagi 245-son qarorining 4-bandida;

 

SKning 53-moddasi oltinchi qismida2;

 

boshqa qonun hujjatlarida.

 

Maхsus komissiyasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning byudjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha penyalar va moliyaviy jarimalarni hisobdan chiqarish, qarzlarini (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) toʻlash muddatini kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorlari davlat soliq хizmati organining da’vo arizasini (arizani) qanoatlantirishni rad qilish uchun asos boʻladi.

 

Komissiya qarorida koʻzda tutilgan muddat tugagandan keyin soliq organi umumiy tartibda yangi asoslar boʻyicha da’vo taqdim qilish huquqiga ega boʻladi.

 

Sudlarga tushuntirildiki, sud buyrugʻi berilganidan keyin DSI tomonidan ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha da’vo taqdim etilsa, da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi (XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandi).  Agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 2-bandiga asosan tugatiladi

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.

 

 

 

 

 

1 Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi Vazirlar Mahkamasining 9.02.2004 yildagi 61-son va 14.04.2004 yildagi 182-son qarorlari bilan tashkil qilingan va faoliyat yuritadi.

2 Soliq kodeksining 53-moddasi oltinchi qismi: 

Bankning aybi bilan soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini oʻtkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning oʻtkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.