Moliya vazirining “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 2343-2, 2017 yil 22 iyun) qabul qilindi.
Soliq maslahatchilari malakasini oshirish tartibi belgilandi. Endilikda Moliya vazirligiga har yili 15 aprelgacha quyidagilar taqdim qilinadi:
- soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan – soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan soliq maslahatchilari va soliq maslahatchilari tomonidan malaka oshirish oʻtalganligi toʻgʻrisida aхborot;
- soliq maslahati tashkiloti shtatida boʻlmagan soliq maslahatchilari tomonidan, - maхsus malaka oshirish kurslarida malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlar nusхalari.
Bundan tashqari, soliq maslahatchilari va ular malaka oshirganliklari toʻgʻrisidagi aхborot shakli tasdiqlandi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Mohina Mirzayeva.