Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Soliqlarni majburiy undirish osonlashdi

16.01.2017

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan zbekiston Ryespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda — SK) oʻzgartirishlar kiritildi).

Ma’lumki, soliq qarzlarini belgilangan muddatlarda toʻlamagan soliq toʻlovchiga nisbatan soliq organlari, majburiy undirishning quyidagi choralarini qoʻllashga haqli:

  • soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini soʻzsiz undirish (SKning 63-moddasi);
  • undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summalarga qaratish (SKning 64-moddasi;
  • undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish (SKning 65-moddasi).

 

Soliq organlari soliq toʻlovchidan mol-mulkining miqdori oʻrnatilgan minimumdan oshib ketsagina uning hisobiga soliq qarzini undirishlari mumkin edi. Ushbu minimum har yili tasdiqlanadi va 2017 yilda yuridik shaхslar uchun EKIHning 20 barobarini tashkil etadi.

 

Endi SKning 59 va 61-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlar asosida, soliq organlari soliq boʻyicha qarzdorlik miqdori belgilangan minimumdan kam boʻlsa va u toʻlov muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida toʻlanmagan boʻlsa, undirishni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratishga haqli.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Muzaffar Mirzaaniyev, 
ekspertimiz.