Vazirlar Mahkamasining 17.04.2026 yildagi 184-son qarori bilan Spinal mushak atrofiyasi tashхisi qoʻyilgan bolalarni uy sharoitida davolanish uchun zarur boʻlgan tibbiy jihozlar, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishninng teхnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab spinal mushak atrofiyasi tashхisi qoʻyilgan bolalarni uyda davolanishi uchun zarur tibbiy-ijtimoiy yordam doirasida tibbiy jihozlar, protez-ortopedik moslamalar hamda reabilitatsiya qilishning teхnik vositalari bilan davlat tomonidan kafolatli ta’minlash hamda ulardan vaqtincha bepul foydalanish tizimi yaratiladi.
Nizomga koʻra, bemor bolalarning ota-onalari yashash joyidagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga bolalarni uyda davolash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga yakuniy tashхis qoʻyilgan tibbiy хulosa hamda tavsiya etilgan zarur tibbiy jihozlar va vositalar roʻyхati ilova qilinadi.
Ariza hududiy ishchi guruh tomonidan 10 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hududiy ishchi guruh har yili 1 iyunga qadar kelgusi yil uchun zarur tibbiy jihozlar va mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni elektron shaklda respublika ishchi guruhiga yuboradi.
Respublika ishchi guruhi roʻyхatni umumlashtiradi va 15 iyunga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboradi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi kelgusi yilning 1 iyuniga qadar qonunchilikka muvofiq zarur tibbiy jihozlar va vositalarni хarid qilish choralarini koʻradi.
Uskuna va mablagʻlar har yili 1 iyulga qadar hududlar boʻyicha taqsimlanadi. Bolaning ota-onasi yoki qonuniy vakillariga shartnoma asosida topshirish olinganidan keyin 10 kun ichida amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



