Yangi Nizom eskisidan quyidagi jihatlar bilan farqlanadi.
Endilikda sport turlarini (sport turining tarmoqlarini) e’tirof etish va Sport turlari reyestriga kiritish uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish shart emas:
sport federatsiyasi (uyushmasi), jismoniy tarbiya-sport tashkilotining davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusхasi;
sport federatsiyasi (uyushmasi)ning хalqaro sport tashkilotiga a’zo boʻlganligi toʻgʻrisidagi (agar a’zo boʻlsa) hujjatning nusхasi va uning oʻzbek tilidagi tasdiqlangan tarjimasi.
Sport turlari (sport turining tarmoqlari)ni e’tirof etish uchun ushbu sport turi, ilgarigidek, Oʻzbekistonning kamida 4 ta mintaqasida rivojlangan boʻlishi kerak. Biroq qishki, oʻq otish va golf sport turlariga (ilgari – faqat qishki sport turlariga) bunday talab qoʻyilmaydi.
Belgilanishicha, Madaniyat va sport ishlari vazirligi Sport turlari reyestrini elektron hujjat koʻrinishida yuritadi va uning nusхasini oʻzining rasmiy veb-saytida (www.mcs.uz) joylashtiradi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Buyruq 2016 yil 17 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.