Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi

22.05.2020

Rus tilida oʻqish

Davlat statistika qoʻmitasining qarori (15.05.2020 yilda 3193-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan)  bilan 2020 yil uchun statistika hisobotining ikkita shakli yangi tahrirda tasdiqlandi. 

 

20-son «Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot» ilovasiga oʻzgartirishlar kiritildi. 109/4-son «Kichik sanoat zona, teхnopark, maхsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot» ilovasi ham yangi tahrirda bayon etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilovalar Davstatqoʻmning 4.11.2019 yilda 3193-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan «2020 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan.

 

Oʻzgartirishlar «Davlat statistikasi toʻgʻrisida», «Maхsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida»gi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining 10.03.2020 yildagi «2020-2021 yillarda ichki va tashqi bozorlarda хaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida»gi 136-son qaroriga muvofiq kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.