Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Stavkalari oʻzgarishsiz qolgan soliqlar va majburiy toʻlovlar

30.12.2015

Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” 22.12.2015 yildagi PQ-2455-son Qarori bilan 2016 yil uchun soliqlar va majburiy toʻlovlarning stavkalari tasdiqlandi.

 

 

Quyidagi soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha stavkalar  2015 yil darajasida saqlab qolindi:

 

QQS – 20%;

 

foyda soligʻi: bazaviy 7,5%, tijorat banklari uchun – 15%,  auksionlar oʻtkazishdan, gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanishga litsenziyasi boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaхslar uchun , – 35%;

 

obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi – 8%

 

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq.   Uning stavkalari EKIHga nisbatan karrali miqdorlarda belgilangan hamda tadbirkorlik faoliyati turlari va uni amalga oshirish joyiga (shaharlar va boshqa aholi punktlari) bogʻliq holda tabaqalashtiriladi. Eslatib oʻtamiz, 2013 yildan boshlab qat’iy soliq stavkalari yil boshiga EKIHdan kelib chiqib hisoblab chiqarilmoqda, bu yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq yukini pasaytirish imkonini berdi;

 

 

Davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar:

 

Pensiya jamgʻarmasi – 1,6%;

 

Respublika yoʻl jamgʻarmasi – 1,4%;

 

Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi – 0,5%.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Irina AXMETOVA,

ekspertimiz.