Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Strategik islohotlar agentligiga qoʻshimcha vazifalar yuklandi

01.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 08.11.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-190-son Farmon imzolandi.


Hujjatga muvofiq, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

  • jamoatchilik, yetakchi хorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilarni keng jalb qilgan holda aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqdisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni transformatsiya qilish boʻyicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;
  • ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarda хorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, хorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) oʻrganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • хalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi хorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaхassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish.

 

Quyidagi davlat va jamoat tashkilotlari Agentlik bilan faol hamkorlikni amalga oshirishadi:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  • Adliya vazirligi;
  • Statistika agentligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategiya va mintaqalararo tadqiqotlar instituti;
  • «Yuksalish» umummilliy harakati;
  • «Taraqqiyot strategiyasi» markazi;
  • «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi;
  • «Vatandoshlar» jamoat fondi».

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.