Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

Sud organlari apparatlari хodimlariga – imtiyozli ipoteka

07.11.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 31.10.2012 yildagi 312-son qarori bilan nazarda tutilgan imtiyozlar Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud va quyi sudlar apparatlari, shuningdek Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti хodimlariga tatbiq etildi. Oʻzgartirishlar Hukumatning 5.11.2018 yildagi 908-son qarori bilan kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, sudyalar, Hisob palatasi, prokuratura organlari, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, soliq va bojхona organlari хodimlariga EKIHning 2 000 baravarigacha miqdorda ipoteka krediti kamida 10 yil muddatga MBning kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foizda taqdim etilmoqda. Bunda Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi sudya uchun olinayotgan ipoteka krediti qiymatining 25%igacha miqdoridagi qarz koʻrinishida dastlabki badalni toʻlab berishi mumkin.  Hisob palatasi va prokuratura organlari хodimlariga esa alohida 3 yillik imtiyozli davr ham nazarda tutilgan, mazkur davr mobaynida kreditlar boʻyicha faqat foizlar toʻlanadi.

 

Endi barcha mazkur imtiyozlar Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud va quyi sudlar apparatlari, shuningdek Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti хodimlariga tatbiq etildi. Parallel ravishda sudyalar 3 yillik imtiyozli davr huquqiga ega boʻlishdi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_