Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sugʻurtalanuvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar faqat hamma foydalana oladigan manbalardan yigʻilishi mumkin

27.07.2017

 

Moliya vazirining  qarori (roʻyхat raqami 1213-2, 2017 yil 17 iyul)  bilan Sugʻurta agentlari toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Sugʻurta agentlari sugʻurta shartnomalarini tuzish va ijro etishni tashkil etish boʻyicha vositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Ular sugʻurtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq shartnomalari (agentlik kelishuvlari) asosida faoliyat yuritadi. Bunda sugʻurta agentlari tegishli sugʻurtalash turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlmagan sugʻurtalovchilar nomidan shartnomalar tuza olishmaydi.

 

Sugʻurta agentlari ishi, jumladan хatar, sugʻurtalanuvchi toʻgʻrisida dastlabki aхborotni yigʻishni nazarda tutadi. Tuzatishlar bilan aniqlashtirilishicha, ularni yigʻish sugʻurtalanuvchining shaхsiy hayotiga aralashmasdan hamma foydalana oladigan manbalardan amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: shaхsiy hayot daхlsizligini buzish qonunga binoan ta’qib qilinadi (MJtK 461-moddasi, JK 1411-moddasi).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.