Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sugʻurtalovchilarning jami kapitali 2,4 baravar oshadi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bunday imkoniyat sugʻurta tashkilotlari ustav kapitalining minimal miqdorini 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich oshirish tufayli yuzaga keladi (Prezidentning 2.08.2019 yildagi PQ-4412-son qaroriga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, sugʻurtalovchining boshlangʻich ustav kapitali muassislar tomonidan litsenziya olish paytiga shakllantirilgan boʻlishi va belgilangan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak. Ustav kapitali kamida 90% muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablagʻlari bilan shakllantiriladi. Kreditga, garovga olingan mablagʻlar va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan foydalanish mumkin emas.

 

Sugʻurta tashkilotlarining jami ustav kapitali 2019-2022 yillarda 2,4 baravar – hozirgi 0,8 dan 1,2 trln soʻmgacha oshirilishi kerak.  Xususan, sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) ustav kapitalining minimal qiymatini bosqichma-bosqich oshirish bunday natijalarga erishishda yordam beradi. 

mlrd sm

Sugʻurta faoliyatining turlari

Amaldagi qiymat 

2020 yil 1 iyuldan

 

2022 yil 1 iyuldan

 

Iхtiyoriy sugʻurta:

 

 

 

umumiy sugʻurta

7,5

15

20

hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida

10

Majburiy sugʻurta (umumiy sugʻurta yoki hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida)

15

25

35

Faqat qayta sugʻurta

30

35

45

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.