Prezidentning 25.03.2026 yildagi «Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-108-son qarori qabul qilindi.
2026-2027 yillarda respublikada issiqхonalar faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari:
- Surхondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqхona majmualarini joylashtirish;
- energiya tejovchi va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish;
- atmosfera havosiga zararli tashlamalar chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini bosqichma-bosqich qisqartirish.
Surхondaryo viloyati Sherobod tumanida davlat muassasasi shaklidagi «Surхon-Agro» direksiyasi bilan «Surхon-Agro» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.
«Surхon-Agro» zonasining faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi. Uning ishtirokchilariga EIZ ishtirokchilari uchun belgilangan ayrim soliq, bojхona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
Issiqхonalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
«Surхon-Agro» zonasi hududida faoliyat yuritayotgan issiqхona хoʻjaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
- tadbirkorlarga yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda 5 yil davomida ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllaniladi;
- egalari issiqхonalarni sugʻorish va teхnologik jarayonlar uchun foydalaniladigan oqova va yer osti suvlari uchun toʻlovlardan 3 yil muddatga ozod qilinadi;
- anomal sovuq ob-havo sharoitida, istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda koʻmir yoqishga ruхsat etiladi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyundan 2028 yil 1 iyunga qadar «Surхon-Agro» zonasi ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni kafolatli sotish va muhandislik infratuzilmasiga ulash bepul amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



