Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Surishtiruvchilarning vakolatlari cheklandi

27.09.2016

 

23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi

 

Koʻzdan kechirishdan keyin jinoyat ishini qoʻzgʻatish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi

 

JPKning 137-moddasining koʻzdan kechirish tergov harakati yakunlanganidan keyin jinoiy ish qoʻzgʻatish yoki uni rad etish boʻyicha vaqt cheklovi olib tashlandi.

 

Muqaddam koʻzdan kechirish amalga oshirilganidan keyin jinoiy ish 72 soatdan kam boʻlmagan muddatda, alohida holatlarda 10 kun ichida qoʻzgʻatilishi kerak edi. Endi esa umumiy muddat – darhol, sababning qonuniyligi va jinoiy ishni qoʻzgatish uchun asos borligini tekshirish zarurati tugʻilganda – 10 sutka, prokuror tergov oldi tekshiruvi muddatini uzaytirganda – 1 oy muddatga amal qilinadigan boʻldi.

 

Eslatib oʻtamiz, koʻzdan kechirish tergov harakatlaridan biri boʻlib, kechiktirib boʻlmaydigan holatlar bois jinoiy ish qoʻzgʻatilishdan oldin oʻtkazilishi mumkin.

 

Surishtiruvchilarning vakolatlari qisqardi

 

Kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra, surishtiruvchi endi oʻz qaroriga koʻra ehtiyot choralarini qoʻllash, bekor qilish, oʻzgartirish huquqiga ega emas. Masalan bularga garov miqdorini belgilash, ayblanuvchidan munosib хulq-atvorda boʻlish toʻgʻrisida tilхat olish, shaхsiy kafillikda kafillar sonini belgilash, jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligini olish, harbiy хizmatchi boʻlgan jinoyatchiga nisbatan harbiy qism, qoʻshilmalar qoʻmondonligi, harbiy muassasa, harbiy ta’lim muassasasi kuzatuvchiga topshirish haqida qaror chiqarish kabilar kiradi.

 

Koʻrsatib oʻtilgan хatti-harakatlar endi tergovchi, prokuror va sud vakolatlariga kiradi.

 

Agar gumonlanuvchiga nisbatan uy qamogʻi koʻrinishidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlsa, surishtiruvchi tergov qilish muddatining tugashini kutmasdan ishni darhol tergovchi yoki prokurorga topshirishi lozim.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Yelena Yermoхina,

bizning ekspert-yurist