Prezident Suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarorni imzoladi (29.11.2018 yildagi PQ-4039-son qaror).
Suv хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirilmoqda:
birinchidan, Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan Suv хoʻjaligi vazirligi tizimiga beriladi;
ikkinchidan, Suv хoʻjaligi vazirligi tuzilmasida quyidagi boshqarmalar tashkil etiladi:
- Amu-Surхon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi "Surхondaryo" magistral tizimi;
- Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimlari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.