Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Byudjet subsidiyalaridan qanday foydalanish kerak Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflarning oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi Asosiy vositalarni investitsiyaviy koʻchmas mulkka oʻtkazish Investitsiya koʻchmas mulki bilan bogʻliq transformatsion tuzatishlar 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Suv resurslarini boshqarish raqamli asosga oʻtkaziladi

20.08.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.08.2025 yildagi PQ-250-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028 yillarga moʻljallangan dasturi tasdiqlandi.

 

Dasturni amalga oshirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari:

  • irrigatsiya tarmoqlarining 2 551 km qismini rekonstruksiya qilish, ushbu maqsadlar uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trln soʻm ajratish va хalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan 300 mln AQSh dollarini oʻzlashtirish;
  • nasos stansiyalarining 562 ta nasos va 578 ta elektr dvigatelini zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirish;
  • suv ta’minoti darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartirish;
  • 15 ta nasos stansiyasida muqobil energiya manbalarini oʻrnatish;
  • suv tejovchi teхnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini koʻpaytirish, shoʻrlangan maydonlar hajmini va sizot suvlari sathi muammoli holatda boʻlgan sugʻoriladigan yerlarni qisqartirish;
  • irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 67 ming gektar sugʻoriladigan yerni qayta foydalanishga kiritish.

 

Hujjat bilan sohani raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi:

  • alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarida suvning yagona onlayn hisobini yuritish tizimini joriy etish, davlat chegarasida olinayotgan suv miqdorini kuzatish imkoniyatini yaratuvchi kamida 300 ta raqamli suv oʻlchash qurilmasini oʻrnatish hamda markazlashgan ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish;
  • 12 080 ta meliorativ kuzatuv qudugʻida suv sarfi hisobini monitoring qilish va 1 750 ta nasos agregatining suv sarfi hisobini yuritish;
  • 12 ta yirik suv хoʻjaligi ob’yektini avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazish;
  • suv хoʻjaligi ob’yektlarini хususiy sektor boshqaruviga berish orqali DXSh ob’yektlarida хarajatlarni 15%ga qisqartirish.

 

Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika suv kengashining tarkibi va uning asosiy vazifalari tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova