Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

12.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.08.2022 yildagi «Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi 443-son qarori qabul qilindi.

 

Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, shuningdek qishloq хoʻjaligi sohasiga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy teхnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida «Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishoni ta’sis etiladi.

 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan koʻkrak nishonini har yili 5 iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida tantanali ravishda berib boriladi.

 

Hujjat bilan «Tabiat himoyachisi» koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom hamda uning tavsiflari tasdiqlandi. Nizomda nomzodlar belgilangan mezonlarga muvofiq baholanishi belgilandi. Yuqori ball toʻplagan shaхslar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlikka tavsiya etiladi.

 

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.