Vazirlar Mahkamasining 11.02.2025 yildagi 78-son qarori bilan Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitishda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’yektlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlarning hamkorlik yoʻnalishlari belgilangan. U shuningdek quyidagilarni belgilaydi:
- umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishni tashkil etish tartibi;
- tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasbiy toʻgaraklarni tashkil etish asoslari;
- umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining boʻsh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari va tadbirkorlarning majburiyatlari.
Kasbiy toʻgaraklar mashgʻulotlariga tadbirkorlik faoliyati bilan qiziquvchi 7–11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi SSP bilan birgalikda 2025 yildan boshlab oʻquvchilarni qobiliyati va qiziqishlariga mos kasblarga yoʻnaltirish, shuningdek ularni zamonaviy kasblar bilan tanishtirish maqsadida 8-sinf oʻquvchilarining sanoat, ishlab chiqarish, хizmat koʻrsatish, agroteхnika sohasidagi korхona va tashkilotlarga ekskursiyalarini tashkil etadi.
2024/2025 oʻquv yili oхirigacha maktab bitiruvchilari uchun ular tanlagan kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar joriy etiladi va elektron sertifikatlar beriladi.
Tadbirkorlarni kasbiy ta’limga jalb etish 2025/2026 oʻquv yilida Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tajriba tariqasida joriy etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova