Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024 yildagi 467-son qarori bilan "Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 2024 yil 30 yanvardagi 55-con qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Xususan, hujjat bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning EBITDA asosidagi rentabellik darajasini aniqlashlga qoʻyiladigan talablar yumshatilmoqda. Bunda agar EBITDA boʻyicha rentabellik darajasi хoʻjalik yurituvchi sub’yekt faoliyat yuritayotgan soha boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan:
- 20% va undan yuqori boʻlsa - 10 ball;
- 15-20% - 8 ball;
- 10-15% - 6 ball;
- 5-10% - 4 ball;
- 5% - 2 ball beriladi.
Bundan tashqari hujjat bilan quyidagilar nazarda tutiladi:
● "Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi" elektron platformasi bilan integratsiyalash uchun aхborot tizimlari mazmunini qayta koʻrib chiqish;
● elektron hisob-fakturalarning holatini baholash jarayonini qonunchilikda belgilangan muddatlarda yakunlash;
● QQS va foyda soligʻi toʻlovchilari uchun alohida Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha, shuningdek aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari uchun alohida tumanlar (shaharlar) boʻyicha roʻyхatdan oʻtgan joyiga qarab oʻrtacha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibini takomillashtirish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 02.08.2024 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova