Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima sababdan tovar uchun tushum komissioner hisobotlaridan oʻtishi mumkinTovarni marketpleys orqali sotish qanday hisobga olinadi Ish kuni davomida хodimga tanaffuslarni belgilash tartibi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kreditlar boʻyicha kafillik beradi

03.08.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 17.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6263-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Hujjat Prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-4862-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Qoʻshimcha Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida"gi PF-5780-son Farmonining 25-bandiga kiritilgan. Endi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi issiqхonalar qurish, intensiv bogʻlar yaratish va sovutgichlar qurish uchun 2017 yil 5 sentyabrgacha хalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga ajratilgan valyuta kreditlari boʻyicha - garovga qoʻyilgan mol-mulkning qayta baholanishi natijasida yetmagan qismiga kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kafillik beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.