Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari nimaga sarflanadi

11.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.08.2022 yildagi 428-son qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biri –  tadbirkorlikni rivojlantirishni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga koʻmaklashish. Tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadigan Kengash Jamgʻarma boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.

 

Jamgʻarma faqat:

  • Oʻzbekiston hududida roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;
  • tugatilish bosqichida boʻlmagan;
  • bankrotlik tartibi qoʻzgʻatilmagan;
  • murojaat sanasida kreditlar va soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan qarz oluvchilarning loyihalari boʻyicha kompensatsiya beradi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga qiymati 5 mlrd soʻmdan oshmagan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizing boʻyicha asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30%idan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya beriladi (Prezidentning 09.06.2022 yildagi PF-150-son Farmoni).

 

Bunda kompensatsiya berish kreditning (lizingning) dastlabki ikki yiliga amalga oshiriladi. Tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulotlarni (хizmatlar koʻrsatishni) ishlab chiqarish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, kompensatsiya berish muddati qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi.

 

Shuningdek, Jamgʻarma tomonidan:

  • kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50%igacha, biroq 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorida;
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar hamda kooperatsiya asosida kichik biznesni va mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75%igacha, biroq 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

 

Davlat moliyaviy nazorati organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va toʻlovlar toʻlanishining shartlari, maqsadlari hamda tartibiga rioya etilishini tekshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.08.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.