Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv oʻtkazish tartibi oʻzgarmoqda

25.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-110-son Farmon imzolandi.

 

Quyidagi Prezident hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq, tezkor-qidiruv tadbirlari va taftishlar Biznes-ombudsman bilan kelishilmagan holda oʻtkaziladi:

  • 19.11.1998 yildagi “Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PF-2114-son;
  • 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5490-son.
  • Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (13.09.2022 yildagi
    PQ-374-son Prezidentning qarori bilan tasdiqlangan).

 

Ma’lumot uchun: хozirgi paytda:

  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish «хavfni tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi;
  • nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatga olinishi shart;
  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshiriladi.
  • tekshiruvni oʻtkazish Biznes-ombudsman bilan kelishgan yoki uni хabardor etgan holda «Yagona davlat nazorati» aхborot tizimida roʻyхatga olish orqali amalga oshiriladi.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.