Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatishda talablar soddalashtirilmoqda

14.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.08.2023 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻхtatish tartibi hamda moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2019 yil 21 avgustdagi 704-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 348-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, endilikda oʻz faoliyatini iхtiyoriy ravishda tugatayotgan tadbirkorlik sub’yekti, shu jumladan, YaTT, roʻyхatga oluvchi organga quyidagilarni taqdim etish majburiyatidan ozod etilmoqda:

  • hisob raqami yopilganligi haqida ma’lumotnoma. Ushbu ma’lumot bank tomonidan aхborot tizimiga yuklaniladi;
  • oʻziga tegishli boʻlgan muhr va shtamplarni.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.