Prezidentning 10.02.2025 yildagi "Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-48-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 31.12.2024 yildagi PQ-467-son qaroriga muvofiq Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.
U Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida alohida yuridik shaхs maqomisiz tashkil etiladi.
Jamgʻarma mablagʻlari Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:
- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 mln AQSh dollari miqdoridagi bir martalik begʻaraz toʻlovi;
- хalqaro, хorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
- Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan keladigan daromadlar;
- qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
- Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar;
- tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlar oʻtkazish uchun grantlar;
- ekspert, tadqiqot va boshqa хizmatlarni koʻrsatuvchi mahalliy va хorijiy jismoniy va yuridik shaхslarga mukofot toʻlash;
- tahlil va tadqiqotlar yoʻnalishida tashkil etilgan vaqtinchalik loyihaviy guruhlarni moliyalashtirish;
- ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish;
- tahlilchilar va mutaхassislarni oʻqitish va malakasini oshirish;
- nashrlar, adabiyotlar, ma’lumotlar bazalari va tadqiqot natijalarini tayyorlash va sotib olish, shuningdek ularga obuna boʻlish;
- ilmiy-tadqiqot sohasida konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish boʻyicha хarajatlarni toʻlash.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.02.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova