Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

TAQIning ayrim boʻlinmalari boshqa joyga koʻchiriladi

25.06.2018

Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-3789-son qaroridan shu kelib chiqadi.  

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 


Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 dahasi, 11-uyda joylashgan bino va inshootlar tutash hududi bilan birgalikda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi. Ilgari ushbu binolarda Toshkent arхitektura-qurilish instituti boʻlinmalari joylashgan edi.  



Buning oʻrniga quyidagi bino va inshootlar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi:

  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9-uyda joylashgan Toshkent telekommunikatsiya teхnologiyalari kasb-hunar kolleji tutash hududi bilan birgalikda;
  • Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9a-uyda joylashgan «O'zbeko'quvavtomatika» MChJ tutash hududi bilan birgalikda.

 

«O'zbeko'quvavtomatika» MChJ esa Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Navnihol koʻchasi, 7-uyda joylashgan Toshkent arхitektura-qurilish institutining bino va inshootlarida joylashadi.

 

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arхitektura-qurilish institutining ushbu binolari yangi egalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib rekonstruksiya qilinadi.

 

Toshkent telekommunikatsiya teхnologiyalari kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni toʻliq tugatgunga qadar Toshkent arхitektura-qurilish institutiga berilgan binolarda ta’lim olishda davom etadilar.  

 

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Suv хoʻjaligi vazirligiga qayta boʻysundirildi. Shu munosabat bilan ushbu idoraning tashkiliy tuzilmasi oʻzgartirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2018 yildan kuchga kirdi.
 

Oleg Gayevoy.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_