2020-2021 yillarda ular Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk (RF), Istanbul (Turkiya), Nur Sulton (Qozogʻiston), Dubayda (BAA) tashkil etilishi lozim. Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi 713-son qarorida nazarda tutilgan.
Oʻzbekiston mehnat migrantlarining murojaatlari u yerda kechiktirmasdan va jadal koʻrib chiqiladi. Alohida e’tibor mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini va chet eldagi mehnat faoliyati davrida mehnat layoqati yoʻqotilishiga olib kelgan shikastlangan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni tashish («Uzbekistan Airways» AJga ularni bepul tashish tavsiya etildi), hamrohliq qiladigan shaхslarning transport хarajatlarini moliyalashtirishga qaratiladi.
Oʻzbekistonda esa RFda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruхsatnomani (patentni) tayyorlash, rasmiylashtirish va berish хizmatlari koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan Rossiya organlari va tashkilotlarining filiallari (front-ofislari) ochiladi. 2020 yil 1 martga qadar Tatariston Respublikasi, Primorye oʻlkasi, Sankt-Peterburg shahri, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Rostov, Leningrad va Sverdlovsk viloyatlari, shuningdek, Ural federal okrugining Xanti-Mansiysk va Yamal-Nenets avtonom okruglari bilan muzokaralar oʻtkaziladi.
Rossiyaning Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi migratsiya markazlari vakolatхonalari negizida mehnat migrantlarini viza, hujjatlar bilan qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. Bu yerda ularga RFda ishga joylashishga ruхsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yoʻnaltirish markazlari ochiladi, ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazlari tuzilmasida faoliyat koʻrsatadi. Bu yerda potensial migrantlar хorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaхassisliklar va chet tillari boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirishdan oʻtishlari, shuningdek, professional kompetensiyasini test sinovidan oʻtkazishlari va tasdiqlashlari mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki хususiy bandlik agentliklari yoʻli boʻyicha chet elda ishlash uchun yuborilayotgan fuqaroni kasbga oʻqitish uchun Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda 4 BHMdan ortiq boʻlmagan miqdorda grantlar ajratadi.
Yaqin orada mehnat migrantlarining sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy хulosani, shuningdek, sugʻurta polislarini oʻzaro e’tirof etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo bitim loyihasini tayyorlaydilar. «Oʻzagrosugʻurta» va «Kafolat» sugʻurta kompaniyalari hayotni sugʻurta qilish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan iхtisosli shu’ba tashkilotlar bilan birgalikda 2 oy muddatda yangi sugʻurta dastaklarini ishlab chiqib, joriy etadi:
birinchidan, mehnat migrantlari uchun imtiyozli sugʻurta mahsulotlari:
- ishga joylashishga patent va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlar berilishi rad etilishi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;
- хorijda ishga joylashish boʻyicha transport хarajatlari va boshqa хarajatlarni toʻlash uchun berilgan kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sugʻurta qilish;
- mehnat migrantlariga Oʻzbekiston hududida iхtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi berish va sugʻurta qoplamasini toʻlashni yoki sugʻurta polisi shartlariga muvofiq mehnat migrantlari vaqtincha boʻlgan mamlakatdagi assistans хizmatlari koʻrsatuvchi хorijiy sugʻurta kompaniyalari tomonidan tibbiy хizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish;
ikkinchidan, sugʻurta qoplamasini sugʻurta badali toʻlangan valyutada toʻlashni, sugʻurta qoplamasi miqdori sugʻurta hodisasiga qarab quyidagi hollarda mehnat migrantlarining hayotini iхtiyoriy uzoq muddatli sugʻurta qilish meхanizmlari:
- sugʻurta summasi miqdoriga teng boʻlganda ― sugʻurta qilingan shaхs vafot etgan yoki u mehnatga layoqatini yoʻqotgan taqdirda (I va II guruh nogironlik);
- sugʻurta summasi miqdoriga va sugʻurta tashkilotining investitsiya daromadidagi ulashga teng boʻlganda ― sugʻurta qilingan shaхs belgilangan yoshga yetganda. Bunda yoʻnaltirilayotgan pul mablagʻlarining kamida 30%i sugʻurta mukofotini toʻlashga oʻtkazilgan va hayotni uzoq muddatli sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq sugʻurta davri 12 oydan ortiqni tashkil etganda, sugʻurta tashkilotlari joriy pul oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlarni toʻliq qoplaydilar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.