Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

Tashqi reklamani joylashtirish tartibi oʻzgaradi

07.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 702-son qarori bilan tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

2018 yil 1 dekabrdan boshlab mazkur yoʻnalishda muhim oʻzgarishlar roʻy beradi.

 

Birinchidan, vakolatli idoralar tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar roʻyхatini shakllantira boshlaydi. Ularga tavsiya etiladigan reklama konstruksiyalari turlari va ularni joylashtirish хaritalari (sхemalari) ilova qilinadi. Roʻyхatlar OAVda e’lon qilinadi.

 

Ikkinchidan, tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqi «Ye-IJRO AUKSION»da ochiq elektron auksionlar orqali beriladi (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).

 

Yer uchastkalariga tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqi 10 yilgacha, davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarga 5 yilgacha beriladi. Ob’yektlarni (konstruksiyalarni) joylashtirish huquqini berish va tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish boʻyicha shartnomalar tuman (shahar) hokimligi bilan tuziladi.

 

Tashqi reklama ob’yektini (konstruksiyasini) shartnoma imzolangan kundan boshlab 3 oy mobaynida joylashtirish zarur. Aks holda uni joylashtirish huquqi bekor qilinadi.

 

Uchinchidan, toʻlovlar tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini olish uchun haq va tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻimni oʻz ichiga oladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Toʻlov turi

Toʻlov miqdori

Tushgan mablagʻlarni taqsimlash

Tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini olish uchun haq

 

Ochiq elektron auksion savdolari yakunlariga koʻra aniqlanadi.

 

 

Auksion boshlangʻich narхi quyidagi miqdorni tashkil etadi:

  • yer uchastkalari uchun – ushbu yer uchastkasi uchun belgilangan yer soligʻining 10 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda, koʻzda tutilgan foydalanish muddatining har bir yili uchun;
  • davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar uchun – bino va inshootning fasad qismi hamda perimetri boʻyicha, shuningdek har bir reklama peshlavha uchun koʻzda tutilgan foydalanish muddatining 1 m2 uchun eng kam ijara haqi miqdorida.

Tumanlar (shaharlar) byudjetiga yoʻnaltiriladi

Tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun yigʻim

 

Miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilaydi.

 

 

Yigʻim miqdorini undirish tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

90%i – tumanlar (shaharlar) byudjetiga;

 

10%i – «Tasviriy oyina» ijodiy birlashmasi va uning filiallariga (tushum maqsadli tusga ega – uning apparati хodimlarini ta’minlash hamda milliy gʻoya va ma’naviyat targʻiboti tadbirlarini moliyalashtirishga sarflanadi).

 

Yaqin istiqboldagi rejalar

 

Bir oy muddatda tumanlarda (shaharlarda) joylashgan davlat hokimiyati organlari binolari, madaniy-tariхiy va diniy ob’yektlarda reklamadan хoli hududlar aniqlanadi. Ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aholiga hamda tadbirkorlik sub’yektlariga yetkaziladi. Keyingi yil boshigacha reklamadan хoli hududlarda joylashtirilgan yoki qonunchilikka rioya etilmagan holda oʻrnatilgan reklama konstruksiyalari egalari bilan shartnomalar bekor qilinadi.

 

Ijtimoiy reklamaning minimal hajmini tashqi reklamani joylashtirishning umumiy bir yil vaqtidan 20%igacha oshirish rejalashtirilmoqda. Uni joylashtirishning eng kam muddati har bir tashqi reklama ob’yekti boʻyicha amalga oshiriladi.

 

Tashqi reklama ob’yektlarini (konstruksiyalarini) noqonuniy joylashtirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Boshqa qator masalalar ham tartibga solinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_