Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Tashqi savdo boʻyicha aniqlashtirilgan statistika – yilda bir marta

16.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat va bojхona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi (15.04.2019 yilda 1717-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Tovarlar tashqi savdosi ma’lumotlari bazasi boʻyicha ma’lumotlarni (TIF TNning 10 ta belgisi boʻyicha, tashqi savdo bojхona statistikasining me’yoriy hujjatlarini hisobga olgan holda) taqdim etish davriyligi oʻzgardi. Ushbu ma’lumotlarni DBQ va Davstatqoʻm taqdim etadi.

 

Ilgari har oyning 15-sanasida aniqlashtirilgan ma’lumotlar yuborilar edi. Endi – har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha. Tezkor ma’lumotlarni taqdim etish tartibi oʻzgarmadi – hisobot davridan keyingi har oyning 7-sanasigacha.

 

Hujjat bilan boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, DBQning har chorakda tovarlar tashqi savdosi boʻyicha bojхona aхborotnomasini nashr etish majburiyati bekor qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.