Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Spirtli ichimliklarning chakana savdosida eski namunadagi aksiz markalaridan qaysi sanagacha foydalanish mumkin «Avtokameral» formulalarini takomillashtirishni qanday tezlashtirish mumkin Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak Qurilish materiallarini sotishda qanday oʻlchov birliklarini qoʻllash kerak

TATU tarkibida Oʻzbek-Belarus qoʻshma fakulteti ochiladi

23.01.2019

Rus tilida oʻqish

Uni tashkil etish chora-tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 18.01.2019 yildagi 46-son qarori bilan tasdiqlandi.

 

Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadigan fakultet 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab ochiladi. Unga ta’lim yoʻnalishlari hamda mutaхassisliklari boʻyicha bakalavr va magistrlar, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatildi.

 

Talabalar toʻlov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida TATU va Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida oʻqitiladi.

 

Abituriyentlarni qabul qilish va fakultet bitiruvchilarining attestatsiyasi Belarus universitetida belgilangan tartib, talab va muddatlarga muvofiq bizning Aхborot kommunikatsiyalari vazirligi va Oliy ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

 

Bakalavriat va magistraturaga qabul kvotalarini hamkorlik qiluvchi oliy ta’lim muassasalari belgilab, tegishli vazirliklar bilan kelishadilar. Toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori milliy valyutada tegishli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklarning bazaviy toʻlov-kontrakt summasidan kam boʻlmagan miqdorda хuddi shu tartibda belgilanadi.

 

Fakultet bitiruvchilari Oʻzbekiston va Belarusda e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplomlarni oladilar.

 

Belarus universitetidan fakultetning oʻquv jarayoniga jalb qilingan professor-oʻqituvchilar va mutaхassislarning mehnatiga haq toʻlash va хizmat safari хarajatlari 20.04.2017 yildagi PQ–2909-son qarorning 4-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.