Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
21 apreldan boshlab va 6 maydan kechiktirmay topshiriladigan statistika hisobotlari Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari qaysi tavakkalchiliklardan oʻz faoliyatini sugʻurtalashlari shart DMda bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi

Teхnik reglamentlar qanday ishlab chiqiladi

03.03.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2025 yildagi 128-son qarori bilan Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish, ularni tasdiqlash, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalari tomonidan manfaatdor tomonlarning takliflarini hisobga olgan holda va ularni tayyorlash Dasturiga muvofiq tayyorlanadi hamda har yili 1 noyabrga qadar Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etiladi.

 

Agentlik kelib tushgan takliflar asosida teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi loyihasini tayyorlaydi va takliflar kelib tushgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

Teхnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • teхnik reglamentlarning tuzilishi va mazmuni;
  • quyidagi tartiblar:
    • ularni ishlab chiqish;
    • ekspertizadan oʻtkazish;
    • teхnik reglamentlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
    • teхnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova