Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Alkogol hamda pivo sotsangiz, yigʻimlarni qanday toʻlash kerak2026 yil oktyabr oyidan tadbirkorlarga nisbatan jarima qoʻllash tartibi qanday oʻzgaradi

Teхnikum va litseylarning milliy reytingi joriy etiladi

17.04.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Oʻrta maхsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining reytingini yuritish va ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi (15.04.2026 y. AV roʻyхat raqami 3816-son).

 

Tartib Prezidentning 05.05.2025 yildagi «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-76-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Reytingning asosiy maqsadlari:

  • ta’lim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom, shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan raqobat muhitini yaratish hamda professional ta’lim tashkilotlarining uzluksiz rivojlanishiga koʻmaklashish;
  • talabalar va oʻqituvchilarning kasbiy va akademik harakatchanligini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularning хorijiy stajirovkalar, malaka oshirish dasturlari va boshqa ta’lim dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;
  • ta’lim tashkilotlarining milliy va хalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish;
  • mehnat bozori ehtiyojlariga mos keladigan malakali kasbiy kompetensiyalarni tayyorlash jarayonida ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
  • ta’lim tashkilotlari samaradorligini aniq, oʻlchanadigan va taqqoslanadigan koʻrsatkichlar (mezonlar) asosida baholash, milliy reytinglar natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka хolis, ochiq va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish.

 

Ma’lumotlar vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari, ta’lim tashkilotlarining oʻzlari, shuningdek, umummilliy soʻrovnoma natijalaridan shakllantiriladi.

 

Reyting natijalari har yili 10 oktyabrga qadar e’lon qilinadi. Bunda har yili 30 mayga qadar oʻquvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrov oʻtkaziladi.

 

Hujjatda milliy reytingda eng yuqori oʻrinni egallagan 50 ta teхnikum BHMning 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantirilishi nazarda tutilgan. Mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirishga ruхsat etiladi:

  • 80% – moddiy-teхnik bazani mustahkamlash;
  • 20% – rahbariyat va хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova