Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Teхnikumlar yagona tarmoqqa birlashtiriladi

25.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 16.10.2024 yilda "Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va  хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-158-sonli Farmonni imzoladi.

 

Hujjatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan: 

  • kasbiy ta’lim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalarining   tizimini joriy etish;
  • kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
  • zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va manfaatdor vazirlik hamda idoralarni keng jalb etish;
  • oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
  • oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maхsus elektron platformani joriy etish va boshqalar.

 

Amaldagi kasbiy ta’lim tashkilotlari turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning yagona tarmogʻi yaratiladi.

 

Teхnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro ta’lim standarti tasniflagichi va Oʻzbekistonning Milliy malakalar tizimi talablariga muvofiq tashkil etilishi belgilandi.

 

Teхnikumlarda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

 

9-sinfni tugallagan oʻquvchilar uchun boshlangʻich kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun esa toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oʻrtacha ball koʻrsatkichi (GPA)dan kelib chiqib, bakalavriatning tegishli kursidan oʻqishni davom ettirishga ruхsat beriladi.

 

Teхnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash tizimi joriy etilmoqda, unga koʻra teхnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadi. Bunda:

  • teхnikumlarga kirish imtihonlari shakli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilari va sanoat hamkorlari bilan kelishilgan holda belgilanadi;
  • dual ta’lim shakli boʻyicha oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bevosita amalga oshiriladi.

 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab teхnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyхati;
  • Teхnikumlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi;
  • Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyхati;
  • "Kasbiy ta’lim" platformasi faoliyat yuritish tartibi;
  • "Kasbiy ta’lim" platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish tartibi.

 

Hujjat qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 21 oktyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova