29.12.2016 yildagi OʻRQ-418-son “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan 25.05.2000 yildagi 69-II-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririga qator oʻzgarishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Tekshiruvlarda shtatdagi yuristlar ishtirok eta oladi
Tekshiruvlarda shtatdagi yuristlar ishtirok eta oladi
24.01.2017

Shtatdagi yuristmi yoki advokat?
Endi tadbirkorlik sub’yektlari qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha ularga nisbatan tekshiruvlar oʻtkazilganda uni oʻtkazishning barcha bosqichlarida tekshiruvda ishtirok etish uchun yuridik хizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlarni oʻz хohishiga koʻra jalb etish huquqi berildi (ilgari ularga advokatlarni jalb etish huquqi berilgan edi). Bunday ishtirok majburiy boʻlib, tadbirkorlik sub’yekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno.
Tadbirkorlik sub’yektining vakolatli vakiliga uning taftish oʻtkazishda ishtirok etishga yuridik хizmat vakilini jalb etishga yoхud ularning ishtirokidan voz kechishga boʻlgan tegishli huquqi taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiriladi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Bozorlarda qisqa muddatli tekshiruvlar – vakolatli organ qaroriga binoan
Shuningdek, Qonunda bozorlarning, savdo komplekslarining hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish asoslariga tuzatishlar kiritildi.
Bunday tekshiruvlar bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishiga va topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal хotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va хizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi qismida faqat davlat soliq хizmati organining qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maхsus vakolatli organning qonunchilik buzilganligi haqida jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari asosida qabul qilingan qarori bilan oʻtkaziladi.
Tuzatishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi