Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Terma jamoalarning a’zolari sport maktablari shtatiga kiritiladi

04.10.2017


2017 yil 10 avgustdagi PQ–3196-son Prezident Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi 733-son Qarori bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab Respublika oliy sport mahorati maktablari va iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari shtatlar jadvaliga “sportchi” lavozimi kiritilishi belgilandi.

 

Hujjatga koʻra, ushbu lavozimga Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining asosiy tarkibidagi sportchilar qabul qilinadi.

 

Tegishli davlat organlari 2 oy muddatda “sportchi” lavozimiga qoʻyiladigan talablarni, ularga oylik ish haqi va ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashi lozim.

 

Hujjat 2017 yil 25 sentyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.