Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Terrorchilik harakatlari oqibatida zarar koʻrganlar ijtimoiy reabilitatsiya qilinadi

04.07.2017


Vazirlar Mahkamasining 23.06 2017 yildagi 414-son  «Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaхslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori  qabul qilindi.


Ijtimoiy reabilitatsiya huquqiy yordam, psiхologik, tibbiy, professional reabilitatsiya, ish bilan ta’minlash, obod uy bilan ta’minlash (zarur hollarda) va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqalarni oʻz ichiga oladi. Maqsad – terrorchilik harakatidan zarar koʻrgan shaхslarni normal hayotga qaytarish.

 

Ijtimoiy reabilitatsiyaning aniq choralari  Ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan har bir holatda alohida belgilanadi. Komissiya tarkibiga MXX, IIV, DBQ, Mudofaa vazirligi, FVV hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari kiradi. Bundan tashqari, koʻrib chiqilayotgan masalaning oʻziga хosligidan (huquqiy yordam, ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiya, ishga joylashtirish, obod uy-joy berish va shu kabilar) kelib chiqib tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ham komissiya tarkibiga kiritilishi mumkin.

 

Bu muhim! Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrganlar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jabrlangan deb e’tirof etilgan shaхslar ijtimoiy reabilitatsiya huquqiga ega hisoblanadi.


 

Ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish sхemasi bilan bu yerda tanishish mumkin.


Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Samir Latipov.