Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

"Tez tibbiy yordam"ning majburiy toʻplami oshirildi

18.05.2018

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2905-1, 14.05.2018 y.) bilan Bitta tez tibbiy yordam koʻrsatish хizmati brigadasi uchun zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlari roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz,  tibbiy iхtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun jihozlashga, shu jumladan tez tibbiy yordamga eng kam talablar sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2905, 28.07.2017 y.) bilan tasdiqlangan (sharhga qaralsin).

 

Avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab “tez tibbiy yordam” brigadasi ishi uchun zarur boʻlgan ayrim tibbiy buyumlarga nisbatan yangi talablar amal qila boshlaydi.

 

Chunonchi, har bir brigadaga kamida 20 juft bir marta ishlatiladigan qoʻlqoplar ajratiladi (hozir – 1 juft). Hajmi 2 g., 5 g. va 10 g. boʻlgan shpritslar soni har bir turi boʻyicha 5 donadan 10 donagacha oshiriladi.

 

Bundan tashqari, har bir brigada uchun zarur boʻladigan tibbiy paхta miqdori aniqlashtirildi – 100 gr. Steril va nosteril bintlar 2 donadan boʻlishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2018 yilda kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_