Prezidentning 23.11.2016 yildagi PF–4858-son Farmoni bilan qator hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2015 yil 31 dekabrdagi PQ-2463-son qarori bilan muvofiqlashtirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- TIAISV tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar roʻyхati tasdiqlandi
TIAISV tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar roʻyхati tasdiqlandi
05.12.2016

Xususan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga «Oʻztadbirkoreksport» AJ, «Oʻzsanoateksport» AJ, «Oʻrta Osiyo Trans» AJ, «Oʻzbekekspertiza» AJ, «Oʻzekspomarkaz» MKK» AJ aksiyalarining davlat paketlari boʻyicha aksiyadorlik vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, vazirlik tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi;
- Viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari;
- «Oʻzbekekspertiza» AJ;
- «Oʻzekspomarkaz» MKK» AJ;
- «Xalqaro Hamkorlik Markazi» AJ;
- «Hamkor» — «Delovoy partner» gazetasi tahririyati;
- «Oʻzinfoinvest» agentligi;
- Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi direksiyasi;
- «Oʻztadbirkoreksport» AJ;
- «Oʻzsanoateksport» AJ;
- «Oʻrta Osiyo Trans» AJ.
Prezidentning 26.07.2005 yildagi PQ–136-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga ham tegishli tuzatishlar kiritildi.
***
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 7.01.2015 yildagi PQ–2282-son “2015 yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining alohida qoidalari oʻzgartirildi.
Xususan, «Oʻzsanoateksport» AJ 1.01.2017 yilgacha qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan arralangan binokorlik materiallari, tomga yopiladigan metall listlar, yogʻoch qirindi plitalari uchun bojхona toʻlovlari (bojхona yigʻimlaridan tashqari), shuningdek ular “Qishloq qurilish invest” IK MChJga sotilganida qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod etildi (muqaddam ushbu imtiyoz «Oʻzsanoatmashimpeks» DAKga tatbiq etilardi.
Hujjat boshqa oʻzgarish va qoʻshimchalarni ham saqlaydi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Savdo-sotiq uchun tovarlarni olib keluvchi YaTTlarni roʻyхatdan oʻtkazish soddalashtirildi
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi