Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

TIF MB ustav jamgʻarmasi koʻpaytirildi

06.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 776-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustaviga tuzatishlar kiritildi.

 

Bankning ustav jamgʻarmasi koʻpaytirildi va endi u 236 mlrd. 210 mln.soʻm va ustav jamgʻarmasini koʻpaytirishga mablagʻlar oʻtkazilgan kundagi MB kursi boʻyicha soʻmga ekvivalent boʻlgan 451 mln.AQSh dollarini tashkil etadi (ilgari 79 mlrd.soʻm va 400 mln.AQSh dollarini tashkil etgan).

 

Bu Vazirlar Mahkamasi va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan toʻlangan mablagʻlar, shuningdek TIF MBning kapitallashtirilgan foydasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.