Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Tijorat banklari uchun moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlandi

05.09.2019

Rus tilida oʻqish

DSQ, Moliya vazirligi va MB Boshqaruvining tegishli qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 3178, 29.08.2019 yil).

 

Hujjat bilan davlat soliq хizmati organlariga taqdim etiladigan tijorat banklarining ikkita moliyaviy hisobot shakllari tasdiqlandi:

 

  • “Tijorat bankining buхgalteriya balansi”;
  • “Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida hisoboti”.

 

Hisobotlar telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

  • choraklik - hisobot davri tugagandan keyingi oyning 25 kuniga qadar;
  • yillik - hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.