Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Toshkent shahri boʻyicha mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari e’lon qilindi

22.01.2018


Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2017 yildagi 262/29-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2018 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, SKning 23-moddasiga binoan mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim, yagona yer soligʻi mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar jumlasiga kiritilgan.

 

2017 yildagi stavkalar bilan taqqoslaganda:

  • alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi huquqi uchun yigʻim EKIHning 1 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun  - 1 oylik savdo uchun EKIHning 6 baravarini tashkil etdi;
  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning chakana savdosi huquqi uchun yigʻim EKIHning 0,5 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun - 1 oylik savdo uchun EKIHning 4 baravarini tashkil etdi;
  • avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim EKIHning 1 baravari miqdorida oshirildi va 2018 yil uchun - har oy uchun EKIHning 7 baravarini tashkil etdi.

 

Bu – muhim! Yigʻimlar stavkalari 1.01.2018 yilda belgilangan (172 240 soʻm) EKIH miqdoridan kelib chiqib belgilanadi va uning miqdori bir yil davomida oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

2018 yil 1 yanvardan boshlab obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi Oʻzbekiston Respublikasida undiriladigan soliqlar turlaridan chiqarib tashlandi.

 

Bundan tashqari, 2018 yil boshidan boshlab Prezidentning 14.11.2017 yildagi PQ-3386-son qarori bilan 15.11.2017 yildan boshlab belgilangan benzin va dizel yoqilgʻisi ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari amal qiladi:

  • benzin uchun – 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonna uchun 308 850 soʻm;
  • dizel yoqilgʻisi uchun – 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonna uchun 282 500 soʻm.

 

Suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq stavkasi 2017 yil uchun belgilangan miqdorda saqlab qolindi va 1 litr uchun 230 soʻm / 1 tonna uchun 436 300 soʻmni tashkil etadi.

 

Siqilgan gaz ishlatganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr uchun 305 soʻmgacha oshirildi. 2017 yilda u 1 kub metr uchun  275 soʻmni tashkil etgan edi.

 

Ma’lumot uchun: Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.

 

AYoQSh orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz sotishda benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 16.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Muzaffar Mirzagʻaniyev.