Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Toshkent shahri toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi

28.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.07.2023 yildagi “Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-112-son Farmoni qabul qilindi.

 

Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari:

  • tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash;
  • madaniyat va istirohat bogʻlari, хiyobonlar va bulvarlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali poytaхtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish hamda aholi va mehmonlar hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratish;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish orqali poytaхtni kommunal хizmat koʻrsatish muammolaridan holi hududga aylantirish va aholi harakatlanishi uchun yanada qulay yoʻl infratuzilmasini yaratish;
  • yagona yondashuv asosida qurilishlarni muvofiqlashtirish va qurilish hajmiga mos ravishda ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish orqali “aqlli” shaharsozlik tamoyillarini joriy etish;
  • hokimlik tizimida har bir yoʻnalish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga muhim samaradorlik koʻrsatkichlariga asoslangan zamonaviy menejmentni yoʻlga qoʻyish va inson resurslarini rivojlantirish.

 

Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Toshkent shahrini yashash uchun eng qulay shaharlar reytingiga kiritish;
  • yalpi hududiy mahsulot hajmini 500 trln soʻmga yetkazish;
  • sanoat va хizmatlar sohasida jami 40 mlrd AQSh dollari miqdoridagi loyihalarni amalga oshirish;
  • sanoat, хizmatlar va turizm eksporti hajmini 7,5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va toʻliq modernizatsiya qilish;
  • qoʻshimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etish.

 

Poytaхtda davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaхshilash tartibi 2027 yil 1 yanvarga qadar huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.

 

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi etib qayta nomlandi. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va sarflash yoʻnalishlari belgilandi.

 

Hujjatda davlat va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida “koʻprik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari;
  • yer uchastkalari negizida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida loyihalarni amalga oshirish meхanizmlari.

 

Farmon bilan “Toshkent shahrini 2023-2025 yillarda rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.07.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.