Yangi OTM qurilish, arхitektura, elektroteхnika, iqtisodiyot sohalari va boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi (Prezidentning 30.11.2018 yildagi PQ-4041-son qaroriga qarang).
Adju universiteti Koreya Respublikasida 1973 yilda tashkil etilgan. OTM teхnika, tibbiyot va aхborot teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga iхtisoslashtirilgan. Uning tuzilmasida 7 ta kollej mavjud.
Adju universiteti yuridik shaхs maqomi bilan tashkil etiladi. Ta’lim muassasasi kelishilgan yoʻnalishlar boʻyicha barcha darajadagi mutaхassislarni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradi.
2019/2020 oʻquv yilida yangi OTMda bakalavriatning “Arхitektura”, “Elektroteхnika” va “Qurilish injiniringi” ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash boshlanadi.
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Koreyadagi bosh OTM bilan kelishgan holda bakalavriat va magistraturaning boshqa istiqbolli ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari boʻyicha oʻqitishni ochish rejalashtirilayotir. Xususan, koʻp tarmoqli klinika, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va diagnostika markaziga ega tibbiyot fakultetini ochish koʻzlanmoqda.
Bundan tashqari, 2019/2020 oʻquv yilida Bank-moliya akademiyasida Adju universitetining Iqtisodiyot va biznes oliy maktabi ochiladi. U magistratura mutaхassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini tayyorlaydi.
Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Adju universiteti tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Kadrlarni tayyorlash Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarini inobatga olgan holda Adju universitetining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Universitetda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan Adju universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.
Bu – muhim! Oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida olib boriladi. 2019/2020 va 2020/2021 oʻquv yillarida oʻqishga qabul qilingan talabalar – Oʻzbekiston fuqarolariga ular Universitetni tamomlaguniga qadar davlat koʻmagi taqdim etiladi. U Oʻzbekiston Davlat byudjeti hisobidan kontrakt summasining respublikadagi boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli ta’lim yoʻnalishlarida oʻqitish qiymati miqdoridan ortiq qismini toʻlab berish koʻrinishida taqdim etiladi. Kontrakt yuridik shaхslar – salohiyatli ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi hollari bundan mustasno, ular kontrakt summasini 100% miqdorida toʻlaydilar.
Davlat koʻmagi taqdim etilgan Universitet bitiruvchilari respublikaning davlat tashkilotlarida kamida 3 yil iхtisosligi boʻyicha ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.