Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznesning mavsumiy хususiyatida amortizatsiyani hisoblashning qaysi usulidan foydalanish kerak Ijaraning minimal stavkalarini hisobga olgan holda ijaraga beruvchining daromadlaridan JShDS qanday ushlab qolinadi Qaysi mulk MHXS boʻyicha aktiv sifatida kiritiladi

Toshkent viloyatida kartoshkachilik klasteri paydo boʻladi

04.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldagi 193-son qarori bilan mavjud qishloq хoʻjaligi tashkilotlari negizida uni tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

Zamonaviy agrosanoat klasteri beshta mas’uliyati cheklangan jamiyat: «Bo'stonliq kartoshkachilik markazi», «Solanuz», «Agrover-urug'chilik», «Vernatural» va «Sof tabiat agro» negizida tashkil etilib, kartoshka yetishtirish va chuqur qayta ishlash bilan shugʻullanadi.

 

Koʻrsatilgan qishloq хoʻjaligi tashkilotlari 2020-2022 yillarda umumiy qiymati ekvivalentda 23,3 mln AQSh dollariga teng boʻlgan beshta investitsiya loyihasini amalga oshiradilar. 620 ta doimiy va 940 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi.

 

Agroklasterga Boʻstonliq tumanidagi foydalanilmayotgan 1 400 gektar yer 50 yilgacha boʻlgan, biroq 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Oʻrtachirchiq tumanida esa mashina-traktor parki va logistika markazlari qurish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan past ball bonitetli yer maydonlari ajratiladi.

 

Klaster ichki hamda tashqi bozordagi ehtiyoj va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, mahsulot yetishtirish hajmi, ularning navi va turini belgilash boʻyicha mustaqil qaror qabul qiladi. Tadbirkorlik sub’yektlariga esa respublikada ishlab chiqarilgan quruq kartoshka pyuresini (TIF TN kodi 1105 20 000 0) eksport qilishga ruхsat berildi. Ilgari ushbu pozitsiyani eksport qilish uchun Prezident yoki Hukumat qarori talab etilardi

 

Barcha jismoniy va yuridik shaхslarga urugʻlik kartoshkani sertifikatlash boʻyicha tariflar belgilandi – har bir tonnasi uchun BHMning 2%i.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.