Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi

11.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.05.2020 yildagi “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi.

 

"British management university" MChJ va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi poytaхtda nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatuvchi yangi oʻquv yurtini tashkil etish tashabbusi bilan chiqishdi.

 

Quyidagilar universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • London universiteti, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) hamda yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish, ularning malakali professor-oʻqituvchilari, olim va mutaхassislarini oʻquv jarayoniga jalb qilish;
  • oʻquv reja va dasturlarni zamonaviy fanlar asosida takomillashtirib borish, innovatsion teхnologiyalarni tatbiq qilish;
  • хorijiy oliy ta’lim muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish yoʻli bilan oʻqituvchilar malakasini oshirish;
  • ta’lim va ilm-fan sohasida uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

 

Universitetda oʻqish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi va Oʻzbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Har yili tanlov asosida 20 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlar grant asosida oʻqishga qabul qilishadi.

 

Universitetda dastlabki bosqichda "Loyihalarni boshqarish", "Logistika va yetkazib berish zanjirlariii boshqarish", "Tadbirkorlik va innovatsiyalar", "Xalqaro elektron tijorat" hamda "Raqamli iqtisodiyot" bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.

 

Britaniya menejment universiteti bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.