Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Toshkentda davlat mulki ijarasi qimmatlashdi

17.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Toshkent shahar hokimining 11.01.2019 yildagi 35-son qarori bilan Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2019 yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, davlat koʻchmas mulki jismoniy va yuridik shaхslarga alohida tartibda, ijaraga oluvchilar, balansda saqlovchilar va hududiy davlat mulkini ijaraga berish markazlari oʻrtasida uch tomonlama shartnomalar tuzish yoʻli bilan ijaraga beriladi (tartibga qarang).

 

Bunda binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi stavkasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas.

 

Oʻtgan yillarda boʻlganidek, ijara toʻlovi stavkalari ijaraga oluvchining iqtisodiy faoliyat tarmoqlari kesimida, ya’ni ijaraga olinayotgan maydonlardan foydalanish maqsadiga qarab farqlanadi. Oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda, indeksatsiya miqdori oʻrta hisobda qariyb 70%ni tashkil etdi.

 

Batafsil - buxgalter.uz saytida.